Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Iroqning Mosul shahrida 19-iyunda yuz bergan portlash oqibatida jarohatlangan telejurnalist Veronika Rober Fransiyada vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto:: Le Monde

Foto:: Le Monde

Rober Fransiyaga 23-iyun, juma kuni kechqurun olib borilgan. Ungacha jurnalist Bag‘dodda operatsiya qilingan.

Rober 19-iyunda yuz bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lgan uchunchi jurnalist bo‘ldi. Uning hamkasbi Stefan Vilnyev va kurd jurnalisti Baxtiyor Addad voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir jurnalist Samuel Fore yengil jarohat olgan.

Jurnalistlar France 2 telekanalida efirga uzatiladigan Envoye Special (Maxsus muxbir) dasturi ustida ishlayotgan edi. Mosulda ular IShID jangarilariga qarshi kurashayotgan Iroqning maxsus kuchlari ishini yoritayotgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi