Yevropa ichki chempionatlarida mavsum yakuniga yetgach, bir qator taniqli mutaxassislar ishsiz qoldi. Ayni paytda ular yangi takliflarga mahtal bo‘lib turibdi.
Quyida mana shunday murabbiylardan 10 nafari keltirib o‘tilgan. Hozircha ularga ko‘ngillaridagidek taklif bilan chiqilganicha yo‘q.Paulu Souza
“Fiorentina”ni mavsumga boshqa murabbiy tayyorlaydi. Yevropa ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan Souza esa o‘ziga yangi klub izlaydi.Klod Pyuel
“Sautgempton” bilan APLda ishtirok etgan mutaxassisning natijalari qoniqarli bo‘lmadi. Endi u ham ishsiz.Xavi Garsiya
Qozonning “Rubin” klubida faoliyat olib borgan murabbiy Rossiyadan chiqib ketdi. U Yevropaning boshqa klublaridan yog‘li taklif kutish bilan band.Mircha Luchesku
“Shaxtyor”ni ajoyib klubga aylantira olgani bilan mashhur bo‘lgan ruminiyalik murabbiyning “Zenit”dagi faoliyati uzoq bo‘lmadi. Aniqrog‘i, Sankt-Peterburg klubi tepasiga kelgan sobiq rahbariyat Lucheskuga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi.Devid Moyes
Shotlandiyalik mutaxassisning iste’folari tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi. “Everton”ni “Yunayted”ga almashtirgan murabbiy, keyinroq “Real Sosyedad” va “Sanderlend” klublari bilan ham xayrlashdi. “Sanderlend”ni APLdan tushirib yuborgan mutaxassis kimga kerak bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.Valter Matssari
“Uotford”ga taklif etilgan italiyalik mutaxassis APLda Ranyeri, Konte, Anchelotti kabi faoliyat olib bora olmadi. Shu boisdan u tinchgina Italiyasiga qaytib ketdi.Sven-Yoran Eriksson
Xitoyning “Shenjchen” klubida aylanib yurgan murabbiy Chin bilan xayrlashdi.Sem Ellardays
“Kristal Pelas”ni APLda olib qolish missiyasini muvaffaqiyatli bajarganiga qaramay, katta Sem kutilmaganda ariza yozdi. U ko‘p muddat ishsiz qolib ketmasa kerak.Tomas Tuxel
Germaniyalik murabbiy “Borussiya Dortmund” klubini Yurgen Kloppdan so‘ng u qadar yomon boshqarmadi. Shunchaki so‘nggi mavsumdagi 3-o‘rin va Chempionlar ligasidagi “Monako”dan mag‘lubiyatlarni rahbariyat biroz qattiqroq olib yubordi.Luis Enrike
Iste’foga chiqqan murabbiylar orasida so‘zsiz eng mashhuri. “Barselona”dan ketgan mutaxassisni kimdir qabul qilarmikin?
Izoh (0)