The Washington Post nashri AQSh prezidenti Donald Tramp yaqindan beri qay tarzda kunini boshlayotgani haqida hikoya qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Ko‘p kunlardan buyon ertalabki soat 6:30 atrofida, tarmoqda asosiy yangiliklar paydo bo‘lishidan burun, u Rossiya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha yuridik jamoasi bilan telefon orqali o‘ziga xos maslahatlashuv o‘tkazadi”, — deb yozadi nashr.
Aytilishicha, ushbu muzokaralar Trampning advokatlari hamda jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etadigan brifing tarzida bo‘lib, unda barcha OAVdagi oxirgi sarlavhalarni muhokama qiladi.
Shuningdek, ular Trampning dushmanlariga qarshi kurash rejasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. E’lon qilingan dushmanlar orasida Rossiya aralashuvini taftish qilayotgan maxsus qo‘mita, soxta yangiliklar va taftishni nazorat qilayotgan adliya departamenti bor.
Izoh (0)