Avstraliya hukumati Filippin janubiga diniy radikallarga qarshi kurashda yordam berish uchun ikkita AP-3C Orion razvedkachi samolyotini yuboradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avstraliya mudofaa vaziri Mariz Peynning bayonotiga ko‘ra, Filippin hukumati ikki samolyot taqdim etish borasidagi taklifga rozi bo‘lgan. Yaqin kunlar ichida uchuvchi vositalar jangovar to‘qnashuvlar davom etayotgan zonaga yetib boradi.
O‘z navbatida, Filippin mudofaa vaziri Delfin Lorenzana prezident Rodrigo Duterte texnik yordamni qabul qilishga rozi bo‘lganini, ammo razvedkachilar ishtirokidagi qo‘shma operatsiya faqat detallar aniqlashtirib olinganidan so‘ng boshlanishini ma’lum qildi.
Filippinning Mindanao provinsiyasida bir necha haftalardan buyon IShID bilan bog‘liq radikal guruhlariga qarshi operatsiya davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)