Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Uning oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “Kazinform”.
YTH oqibatlarining o‘ta og‘irligi inobatga olingan holda tergov ishlarini ichki ishlar vazirligi tomonidan viloyatga ma’muriy politsiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i rahbarligidagi maxsus guruh jo‘natildi.
22-iyun kuni viloyatda ikki qavatli yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Avtobusda ketayotgan 52 kishidan 50 nafari O‘zbekiston fuqarolari edi. Halok bo‘lganlarning bari O‘zbekiston fuqarolari, jabrlanganlarning bir nafari Qozog‘iston fuqarosidir.
Izoh (0)