O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar kubogida ikkinchi bellashuvga tayinlandi. U bunga qadar Germaniya — Avstarliya o‘yini videotakrorlari uchun javob bergan bo‘lsa, endilikda Germaniya — Chili uchrashuvida shu vazifani boshqaradi.
“B” guruhining 2-turidan joy olgan Germaniya — Chili uchrashuvi 22-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. Bunga qadar nemislar Avstraliya ustidan 3:2 hisobida g‘olib chiqqan bo‘lsa, chililik futbolchilar Kamerunni taslim qilgandi — 2:0.
Germaniya — Chili uchrashuvini boshqarib borish vazifasi eronlik Alirizo Fag‘oniyning zimmasiga yuklatilgan. Ravshan Ermatov bunda aynan fors hakamiga ko‘mak berib turadi.
Izoh (0)