So‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 8 avgustning uchinchi haftasida Nyu-Yorkda taqdim etiladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Insayderdan kelib tushgan bunday xabar Xitoyning Baidu tarmog‘ida paydo bo‘ldi.
Avgustning uchinchi haftasi 14—19-sanalarga to‘g‘ri keladi, bu esa yangi qurilma sentabrda Berlinda o‘tkaziladigan IFA’dan oldin taqdim etilishi haqidagi mish-mishlarga mos tushadi, deb yozadi nashr.
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note 8 6,3 dyuymli Infinity ekrani bilan jihozlanadi, u Qualcomm Snapdragon 836 SoC chipida ishlaydigan dunyodagi birinchi smartfonga aylanishi mumkin. Yaqinda paydo bo‘lgan axborotga ko‘ra, yangi qurilmada barmoq izi datchigi Galaxy S8’dagi kabi orqa panelda joylashadi.
Shunisi aniqki, smartfon iPhone 8 bilan deyarli bir vaqtda bozorga chiqadi. Mish-mishlarga qaraganda, old panelni to‘liq egallagan ekran va to‘g‘ri uning ostida joylashgan barmoq izi skaneri bilan jihozlangan iPhone 8 fonida Galaxy Note 8 ko‘rinmay ketishi mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh (0)