“Yashil” obligatsiyalar sotuvi Apple’ga 1 milliard dollar keltirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Korporatsiya mazkur mablag‘ni o‘z ishlab chiqarishining ekologiyaga salbiy ta’sirini pasaytirishga sarflashi ma’lum qilindi.
Obligatsiyalarni so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lib, investorlar AQSh davlat obligatsiyalaridan ko‘ra ko‘proq daromad keltiradigan 3 foizli kuponlarni oladi.
Izoh (0)