18-iyun kuni Eron amalga oshirgan raketa zarbasi natijasida 50 nafar ISHID terrorchilari, shu jumladan, olti nafar dala komandiri yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, o‘ldirilganlar orasida IShID qo‘mondonligi vakillari — Abu Sa’d laqabli saudiyalik Sa’d al-Husayniy, IShIDning Dayr az-Zavrdagi komandiri Abu Osim al-Libiyaiy, shuningdek, Abu Xoris taxallusli, IShID boshlig‘i Abu Bakr al-Bag‘dodiyning kuyovi Abdulqodir as-Saraniy bor.
Aytilishicha, bu hali dastlabki ma’lumotlar.
Zarba Suriya va Iroq bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)