Avstraliya Suriyadagi jangovar operatsiyalarda ishtirokini vaqtinchalik to‘xtatdi. Rossiya mudofaa vazirligi Pentagon bilan aloqani uzgani hamda bundan buyon Frot daryosidan g‘arbda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlarini havo nishoni sifatida kuzatib borishi haqidagi bayonotlar bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
The Guardian nashriga ko‘ra, Avstraliya mudofaa vazirligi ushbu qarorni ehtiyot chorasi sifatida qabul qildi.
Ayni paytda BAAda Avstraliyaning olti qiruvchisi joylashgan. Ular Suriya va Iroqda harbiy operatsiyalarni bajarib kelmoqda.
Izoh (0)