Rossiya mudofaa vazirligi havodagi ko‘ngilsizliklarni bartaraf qilish borasida Pentagon bilan hamkorlik qilishni to‘xtatganini ma’lum qildi. 19-iyun kuni Suriya harbiy-havo kuchlarining Su-22 samolyoti AQSh tomonidan urib tushirilgani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: “Airlines.net”

Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, endilikda koalitsiyaning barcha uchuvchi apparatlari Frotdan g‘arbda Rossiya yer usti va havo mudofaasi vositalari tomonidan havo nishonlari sifatida ko‘riladi.

Moskva, shuningdek, Su-22 voqeasi AQSH tomonidan sinchiklab taftish etilishi kerakligini bildirdi. Samolyotga uyushtirilgan hujumni Rossiya tomoni Suriya suverenitetining buzilishi sifatida baholadi.