Pentagon AQSh va Rossiya o‘rtasida Suriyadagi operatsiyalar davomida ixtiloflarning oldini olish bo‘yicha kanalni samarador deb hisoblaydi. Bu haqda Inherent Resolve operatsiyasi shtabi vakili bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Ilgariroq Rossiya tomoni AQSh bilan bu boradagi hamkorlik uzilishini bildirgan edi. Bunga sabab sifatida Suriya harbiy-havo kuchlari samolyotining AQSh koalitsiyasi kuchlari tomonidan urib tushirilishi ko‘rsatilgan edi.
Shtab vakili mazkur yangilikka izoh berarkan, kanalning samaradorligini ta’kidladi hamda AQSh har doim undan foydalanishga tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)