O‘zining fast fudlari bilan jahonga mashhur bo‘lgan McDonald’s kompaniyasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi, deb ma’lumot berdi Insidethgames nashri.
Tomonlar 1976-yildan buyon o‘zaro hamkorlik qilib kelayotgandi. 2012-yil McDonald’s XOQ bilan yana sakkiz yillik shartnoma imzolashni ma’qul ko‘rgandi. Biroq bu amalda o‘z yakuniga yetmaydi. Har ikki tomon o‘zaro kelishib, shartnomani 2018-yilda yakunlaydigan bo‘ldi.
2012-yil tuzilgan shartnomada McDonald’s XOQni 100 million dollarga ko‘ndirgandi.Rejaga ko‘ra, McDonald’s Pxenchan—2018 o‘yinlarida so‘nggi bor olimpiya shaharchasini o‘zining mahsulotlari bilan ta’minlaydi va sportchilarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.
Endilikda XOQ Tokio—2020 Olimpiadasiga qadar bu borada yangi ko‘makchilar topishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)