Amerikalik xonanda Keti Perri Twitter’ning obunachilari soni 100 milliondan oshgan ilk foydalanuvchisiga aylandi. Bu haqda servis ma’muriyati ma’lum qilgan bo‘lib, bu haqdagi xabarga Keti Perrining sahifafsi tarixiga doir rolikni ilova qilgan.
https://twitter.com/Twitter/status/875730516783185920
Thank you, @Twitter, for always giving me an opportunity to have a voice! #LoveKaty https://t.co/Lpc1DSk4Kw
— KATY PERRY (@katyperry) June 16, 2017
Ushbu xabar yozilayotgan vaqtda Keti Perrining Twitter’dagi sahifasiga 100 million 68 mingdan ziyod kishi foydalanuvchi obuna bo‘lgan edi. Ikkinchi o‘rinda — 96,7 million obunachi bilan kanadalik xonanda Jastin Biber, uchinchi o‘rinda — AQShning sobiq prezidenti Barak Obama (uning 90 milliondan ortiq obunachisi bor).
Izoh (0)