Ukrainada sanksiyalar ostida qolgan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i mahalliy foydalanuvchilarga blokirovkani chetlab o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma yo‘lladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, TJournal xabar bermoqda.
“Biz ukrainalik foydalanuvchilarimizni yaxshi ko‘ramiz va ular doimo do‘stlari, yaqinlari bilan aloqada qolishlarini istaymiz. Internetda shaxsiy aloqalar va muhim ma’lumotlarni yo‘qotmaslik bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar mavjud”, — deyiladi ijtimoiy tarmoq xabarida.
Ijtimoiy tarmoq mazkur xabarni blokirovkani chetlab o‘tish emas, balki aloqalar va ma’lumotlarni saqlab qolishga qaratilgan tavsiya, deb baholadi.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, bunday xabarlar teraktlar yoki favqulodda hodisalar yuz bergan paytlardagi kabi geolokatsiya va IP-manzil asosida tarqatiladi.
Izoh (0)