Fransiyaning shaxsiy manbalarni himoyalash bo‘yicha muassasasi Facebook kompaniyasiga 150 ming yevro jarima qo‘lladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Fransuz rasmiylariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq ma’muriyati foydalanuvchilar manbalarini reklama beruvchilardan himoya qilolmadi, foydalanuvchilarning o‘zlari esa bu vaziyatga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Shuningdek, Facebook boshqa saytlar ko‘rilishi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashda ham ayblandi.
Bunday e’tirozlar bilan bog‘liq tekshiruvlar Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va Belgiyada ham o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)