Ukrainada “VKontakte”, “Odnoklassniki” va “Yandeks” blokirovka qilinishi mazkur servislar foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari Rossiyada saqlanishi bilan bog‘liq. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot xavfsizligi masalalari xizmati rahbari Valentin Petrov ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Mansabdorga ko‘ra, Rossiyadagi servislar shaxsiy manbalaridan Federal xavfsizlik xizmati to‘liq foydalanishi mumkin.
“Biz bundan ko‘z yumolmaymiz. Ayniqsa, ‘gibrid urush’ holatida bo‘lib turganimizda”, — deya ta’kidladi Valentin Petrov.
Izoh (0)