Amerikalik mashhur yozuvchi Stiven King britaniyalik hamkasbi, Garri Potter yaratuvchisi Joan Rouling bilan Twitter orqali olib borgan yozishmalarida AQSh prezidenti Donald Trampni dementorlarga qiyosladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rouling Kingning sahifasida AQSh yetakchisining postlaridan birini retvit qildi va uning “alaxsirash darajasi”ni Enni Uilks va Kujo shkalasi bo‘yicha (Kingning romanlari qahramonlari) baholashni so‘radi.
King “Birinchi raqamli Donald”ning ishqibozi emasligini aytdi va unda Uilksdan ko‘ra dementor energetikasi ko‘proq ekanligini qo‘shimcha qildi.
Garri Potter haqidagi romanlarda dementorlar odamlarning his-tuyg‘ulari bilan oziqlanadi. Shuningdek, ular odamning ruhini so‘rib olishga qodir.
Izoh (0)