Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 13-turidan joy olgan uch uchrashuv kecha — 15-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Turning birinchi kun o‘yinlari natijasi bilan keltirilgan havolada tanishish mumkin.
Qashqadaryo derbisini G‘uzorda o‘tkazgan Qarshining “Nasaf” klubi 2:1 hisobida zafar quchdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu borada Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi peshqadam “Lokomotiv”dan 6 ochko ortda qolgan.
Boisi “temiryo‘lchilar” Buxoroda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yin yakuniga 12 daqiqa qolganida Mirko Yelichich jamoasi ikkita gol urib, Ulug‘bek Baqoyev jamoasidan g‘alabani tortib oldi.
Kunning so‘nggi o‘yinida Viktor Kumikov boshchilik qilayotgan “Olmaliq” Toshkentning “Paxtakor” klubini taslim qilishga erishdi — 2:0.
13-tur bugun bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912” o‘yini bilan yakuniga yetadi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 13-tur bellashuvlari 15-iyun, payshanba
“Sho‘rtan” — “Nasaf” 1:2
Gollar: Bahrom Abdurahimov, 47 (0:1). Igor Taran, 57-pen (1:1). Doniyor Narzullayev, 63 (1:2).“Olmaliq” — “Paxtakor” 2:0
Gollar: Rahmatullo Berdimurodov, 60 (1:0). Igor Yelich, 72 (2:0).“Buxoro” — “Lokomotiv” 1:2
Gollar: Artyom Filiposyan, 73 (1:0). Kaxi Maxaradze, 78 (1:1). Salamat Qutiboyev, 89 (1:2).16-iyun, juma“Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912”
Izoh (0)