Toshkent viloyati IIB tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilinishicha, Bo‘stonliq tumanida yashovchi ikki kollej o‘quvchisi qiziqqonlik qilib janjallashgan va biri ikkinchisiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.
Xabar berilishicha, Bo‘stonliq tumanida joriy yil 20-mayda soat, taxminan, 12:00 da “Xondoyliq” qishlog‘ida yashovchi, Bo‘stonliq Qishloq xo‘jalik va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan Bayram Usmonov o‘zaro janjal oqibatida, “Xondoyliq” qishlog‘ida yashovchi, Toshkent avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan Mahmud Oxunovning o‘ng tomon bel sohasiga osh pichog‘i bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan keltirilgan ismlar o‘zgartirilgan.
Izoh (0)