15-iyun, payshanba kuni Toshkentdagi “Navro‘z” restoranida butun respublikadan kelgan 1200 nafar din arboblari ishtirokida iftor bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Uznews.uz”.
Iftorda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev va taklif etilgan din arboblari qatnashdi.
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir 15-iyun kuni Toshkentda o‘tkazilgan anjumandan so‘ng bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq 15-iyun kuni O‘zbekiston shaharlarida va tumanlarida mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga iftorlar uyushtirilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)