Yangiyo‘l tumanida yashovchi 1948-yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r Barot Shoakbarov 9-iyunda qo‘shnisi 1958-yilda tug‘ilgan Zoirbek Tolipov bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Barot Shoakbarov Zoirbek Tolipovning chap ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Zoirbek Tolipov olgan tan jarohati sababli tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq, ko‘rsatilgan tez tibbiy muolajalarga qaramasdan, u o‘sha yerda vafot etgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)