Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdagi muloqot chog‘ida fuqarolarga o‘z nabiralari haqida gapirib berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga qaraganda, uning katta nabirasi bolalar bog‘chasiga boradi.
Shu bilan birga, u qizlarining bolalari haqida ko‘p narsa aytib bera olmasligini tan oldi.
“Ular ‘qon shahzodalari’ bo‘lib o‘sishini xohlamayman, buning uchun bolalar jamoasida ular bilan oddiy munosabatda bo‘lishlari kerak. Ular normal odam bo‘lib o‘sishini xohlayman”, — dedi Putin.
Prezident nabiralarining otini va yoshini oshkor qilishi bilan ular haqidagi boshqa ma’lumotlar ham yuzaga chiqishini aytdi.
“Menda hammasi yaxshi. Meni to‘g‘ri tushunishingizni va pozitsiyamga to‘g‘ri yondashishingizni so‘rayman”, — qo‘shimcha qildi Putin.
Shuningdek, Rossiya rahbari yaqinda ikkinchi nabirasi tug‘ilganini ma’lum qildi.
Izoh (0)