O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjid va ta’lim muassasalari to‘laydigan yagona ijtimoiy to‘lov miqdori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Birinchidan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimidagi masjid va ta’lim muassasalarining notijorat tashkilot sifatida faoliyat yuritishini inobatga olib, ular tomonidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovning miqdorini qayta ko‘rib chiqish zarur”, — ta’kidladi davlat rahbari.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati samaradorligini oshirish, uning tasarrufidagi tashkilotlar va imom-xatiblarga qulayliklar yaratish bo‘yicha takliflar qatorida sanaldi.
Izoh (0)