Eron xavfsizlik kuchlari qurolli guruh ishtirokchisi ekanligi gumonlangan ikki kishini yo‘q qildi hamda guruhning yana besh a’zosini qo‘lga oldi. Operatsiya mamlakat janubi-sharqida o‘tkazildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Seiston va Belujiston viloyatining Chobahor tumanidagi harbiy qismga hujum uyushtirishni rejalashtirgan yetti kishilik guruh zararsizlantirildi”, — ma’lum qildi Eron razvedka vaziri Mahmud Alaviy.
Shuningdek, Eron Kurdistonida yana bir guruh yo‘q qilingani bildirildi. Ushbu operatsiya detallari ma’lum qilinmadi.
“Saudiya Arabistoni Erondagi terrorchi guruhlarga homiylik qilmoqda”, — qo‘shimcha qildi Alaviy.
Izoh (0)