Detroyt politsiyasi klip suratga olish jarayonida reperlarni qo‘lga oldi. Politsiyachilar musiqachilarni Aston Martin avtomobilini olib qochayotgan jinoyatchilar deb gumon qildi va ularga qarata o‘q uza boshladi. Bu haqda The Detroit Free Press xabar bermoqda, deb yozadi “Motor”.
Yigitlar guruhi Jeep Wrangler superkar yo‘lini to‘sib qo‘yadigan sahnani o‘ynayotgan edi. Shundan so‘ng yo‘ltanlamasdan qurollangan odamlar chiqib, Aston haydovchisidan avtomobilni olib qo‘yadi.
Biroq kimdir bu hodisani jiddiy qabul qilib, politsiyaga xabar qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar mashinani olib qochish jinoyatiga duch kelganliklarini taxmin qilib, “jinoyatchilar”dagi qurollarni (ehtimol o‘yinchoq qurollar) ko‘rib, ularga qarata ogohlantiruvchi o‘q uza boshladi.
Yuz berayotgan hodisaga aniqlik kiritgan huquq-tartibot xodimlari uch kishini hibsga oldi. Bunga musiqachilar klipni suratga olish rejasi haqida hech kimni ogohlantirmaganligi va bunga ruxsat olmaganligi sabab qilib ko‘rsatildi.
Izoh (0)