Rossiya avtoekspertlari mamlakat bozoridagi eng arzon chet el mashinalari reytingini tuzdi, deb yozadi “1news.uz”. Birinchi uchta o‘rinni Xitoy avtomobil sanoati vakillari egalladi.
Reytingning birinchi pog‘onasida 362 ming rubllik (6350 dollar) Lifan Smily joylashdi, u mutaxassislar fikricha, tashqi jihatdan BMW avtomobiliga o‘xshab ketadi. Ikkinchi o‘rinni taxminan 410 ming rubllik (7200 dollar) FAW V5 sedani egalladi. Yetakchi uchlikka Geely GC6 yakun yasadi — ushbu modelni Rossiyada 420 ming rublga (7370 dollar) xarid qilish mumkin.
Yuqori beshlikka, shuningdek, Yaponiyaning Datsun on-DO va O‘zbekistonning Ravon R2 avtomobillari kirdi. Ularning narxi tegishli ravishda 436 (7650 dollar) va 439 ming rublni (7700 dollar) tashkil etdi.
Izoh (0)