Vashington yaqinida kongressmenlar o‘qqa tutgan odam 66 yoshli Jeyms Xojkison bo‘lib chiqdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
The Washington Post nashriga ko‘ra, Xojkinson binolar inspeksiyasi va ta’miri bilan shug‘ullanuvchi kompaniya egasidir. Uning bunday faoliyat yuritishga ruxsat beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2016-yil noyabrida tugagan.
2006-yili Xojkinson avtomobilga zarar yetkazishda ayblangan, ammo keyinroq ayblovlar olib tashlangan edi.
Bundan tashqari, Xojkinson ijtimoiy tarmoqlarda Donald Trampni tanqid qilgani, 2016-yilgi saylov kampaniyasi chog‘ida esa Berni Sanders shtabi bilan hamkorlik qilgani aniqlandi.
Jinoyatchining ismi e’lon qilingandan so‘ng Donald Tramp Xojkinson qo‘lga olish vaqtida olgan jarohatlaridan halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Izoh (0)