AQShning yangi ma’muriyati Rossiya bilan munosabatlar yomonlashuvini to‘xtatishga urinmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Ilgari aytganimdek, bizning munosabatlarimiz eng yomon ahvolga kelib qoldi. Bizning maqsadimiz — munosabatlarni barqarorlashtirish”, — ta’kidladi siyosatchi Senatning tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasida o‘tkazilgan eshituvlarda.
“Biz birinchi galda umumiy xulosaga kela oladigan bir juft sohada ishlamoqdamiz, bu Rossiya bilan munosabatlarimizning manfaatlarimizga javob beradigan shaklda tiklanishiga yo‘l ko‘rsatadi”, — qo‘shimcha qildi Tillerson.
Izoh (0)