Tailand politsiyasi 400 ta iPhone va 300 mingta SIM-karta yordamida WeChat messenjerida mahsulotlar reytingini oshirish bilan shug‘ullangan uch nafar xitoylik fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda The Bangkok Post xabar bermoqda.
Huquq-tartibot organlari qo‘lga olish chog‘ida yuzlab iPhone 5S, 5C va 4S ni topdi. Erkaklar botnet yordamida mahsulotlarga qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilarning faolligini soxtalashtirib, yolg‘on fikrlar qoldirgani va layklar yig‘gani uchun haq olganligi ta’kidlanmoqda.
Xitoyliklar hibsga olindi. Ular mamlakat hududida noqonuniy yashash, texnika olib kirish va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan SIM-kartalardan foydalanishda ayblanmoqda.
Izoh (0)