Birlashgan Arab Amirliklari politsiyasi Ramazon oyining birinchi yarmida 207 nafar tilanchini hibsga oldi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.
Amirliklarda tilanchilik noqonuniy holat hisoblanadi, Ramazon oyida esa bu bilan tirikchilik o‘tkazuvchi kishilar soni sezilarli darajada ko‘payadi.
Mahalliy politsiya vakillari fuqarolardan hushyor bo‘lish va tilanchilik holatlari haqida telefon orqali xabar berish yoki yaqin oradagi politsiya bo‘limiga murojaat etishni so‘radi.
Izoh (0)