YouTube’da Ikkinchi jahon urushi yillarida qo‘llangan Supermarine Spitfire Mk XIX samolyotining halokati aks etgan video paydo bo‘ldi. Syujetdan ma’lum bo‘lishicha, samolyot qumli uchish-qo‘nish tasmasidan sirg‘alib kelib, uchi yerga tegishi va ag‘darilib ketishi aks etgan.
Voqea Fransiyadagi Longyuyon-Villet aerodromida ro‘y berdi. Uchuvchi halokatda jiddiy zarar ko‘rmadi.
Zarar ko‘rgan Spitfire 1945-yili yasalgan edi. Ikkinchi jahon urushi tugagach, qiruvchidan 1952-yilga qadar Tailand harbiy-havo kuchlarida foydalanib kelindi. 1962-yili Tailand qiroli samolyotni kolleksioner Ed Meloniga topshirdi, u esa, o‘z navbatida, apparatni AQShga olib kelib, uchadigan holatiga qadar qayta ta’mirdan chiqardi.
Izoh (0)