Suriyaning Aleppo shahrida tashkil qilingan gumanitar koridor orqali qariyb 30 ming jangari va ularning oila a’zolari shaharni tashlab chiqib ketdi. Bu haqda Suriyada tomonlarni birlashtirish markazi boshlig‘i general-leytenant Vladimir Savchenko bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Salohiddin tumanida tashkil etilgan maxsus koridor orqali Idlib viloyatiga 28762 taslim bo‘lmagan jangari va ularning oila a’zolari, shu jumladan, 691 nafar yarador, shuningdek, Alepponi tark etish niyatini bildirgan har qanday kishi olib ketildi”, — ma’lum qildi u.
Bundan tashqari, 6490 jangari Suriya armiyasi e’lon qilgan amnistiyadan foydalanib, qurollarini topshirdi.
Izoh (0)