Suriya prezidenti Bashar Asad akasining bevasi Germaniyaga boshpana so‘rab murojaat qildi va o‘z ishi bo‘yicha qarorni mamlakat g‘arbidagi qochoqlar markazlaridan birida kutmoqda. Bu haqda DPA agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Shimoliy Reyn — Vestfaliya federal yeri Varendorf tumani mansabdorlari boshpana haqidagi noodatiy arizaga duch keldi. Suriya va Livan pasportlariga ega bo‘lgan ayol fuqarolik urushi tufayli Suriyadan qochgan boshqa muhojirlardan ta’naga qolgan.
Mahalliy hokimiyat vakili ayolga boshpana berish rad etilganligi, bunga javoban u apellyatsiya berganligini ma’lum qildi.
Avvalroq Westfälische Nachrichten mahalliy gazetasi Fotima Masud Asad Varendorfdagi muhojirlar uchun boshpanada yil boshidan buyon yashayotganligini ma’lum qilgan edi. Ayol uning eri 2014-yilda o‘ldirilgandan so‘ng Suriyadan qochgan. Bunga uning hukumat tomonidan ta’qib etilishi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)