AQSh terrorchilardan Rossiyadagi ichki siyosiy vaziyatni qo‘zg‘atishda foydalanadi. Bunday fikrni Vladimir Putin amerikalik rejissor Oliver Stounga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Chechenistonda, Shimoliy Kavkazda muammolar boshlangan vaqtda, afsuski amerikaliklar bu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlagan.
“Sovuq urush o‘tmishda qoldi, bizning butun dunyo, Yevropa, AQSh bilan munosabatlarimiz ochiq-oydin va shaffof, va albatta biz qo‘llab-quvvatlashlarini umid qilgandik, ammo buning o‘rniga ko‘rdikki, Amerika maxsus xizmatlari terrorchilarni qo‘llab-quvvatladi. Hozir men sizga mening fikrimcha muhim bo‘lgan narsani aytaman: bizda mutlaqo barqaror fikr shakllanganki, amerikalik sheriklarimiz Rossiyani qo‘llab-quvvatlashi, terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlikka tayyorligi haqida aytadi, aslida esa bu terrorchilardan Rossiyadagi ichki siyosiy vaziyatni qo‘zg‘atishda foydalanadi”, — dedi Putin.
Izoh (0)