“Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen Fransiyadagi Milliy majlis (quyi palata) saylovlarida ikkinchi turga chiqdi. Bu haqda mamlakat IIV ma’lumotlari guvohlik beradi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Yakuniy ma’lumotlarga ko‘ra, Le Pen Fransiya shimolidagi Enen-Bomon saylov okrugida 19 997 ta — 45,02 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi turga, shuningdek, prezident Emmanuel Makronning “Olg‘a, respublika” harakati vakili Ann Roke ham chiqdi. U uchun 7 141 kishi ovoz bergan (16,43 foiz).
G‘alaba uchun nomzodlardan biri ko‘pchilik ovozni to‘plashi lozim.
Izoh (0)