JCh—2018 saralash bosqichidan joy olgan Eron — O‘zbekiston o‘yinini bugun ummonlik Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf boshqarib boradi.
“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, Said Al-Kaf bunga qadar o‘zbekistonliklar ishtirokidagi uchta bellashuvda ishlagan va ularning barchasida raqib tomon g‘olib chiqqan.
Samvel Babayan murabbiylik qilgan va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan O‘zbekiston U23 terma jamoasi 2016-yil Osiyo chempionatida Iroqdan 2:3 hisobida yengilgandi. O‘sha uchrashuvni aynan ummonlik FIFA referisi boshqarib borgan.
Sardor Rashidovning goli “Al-Jaish”ga “Nasaf” ustidan g‘alaba tortiq qilgan va Chempionlar ligasiga adashib chiqib qolgan “At-Taavun” Toshkentning “Lokomotiv” klubini 1:0 hisobida mag‘lub etgan o‘yinlarda ham Al-Kaf hakamlik qilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:45 da Said Al-Kafning hushtagi bilan start oladi.
Izoh (0)