2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Yevropa mamlakatlari saralashning 6-tur bellashuvlarini o‘tkazishda davom etmoqda.
Saralashning “E” guruhida Polsha terma jamoasining yakkahokimligi davom etdi. 6-turda Ruminiyani qabul qilgan polshaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. Tomonlarning Buxarest shahrida kechgan birinchi o‘yinida Polsha 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Ruminiyaga qarshi ikki bellashuvda jami 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa futbolchi saralashdagi gollari sonini 11 taga yetkazib, kecha dubl qayd etgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi. Har ikki yulduz 11 ta gol urish uchun 6 ta o‘yinda maydonga tushgan.
To‘purarlar poygasida “Sevilya” a’zosi Stevan Yovetich 6 ta gol bilan ikkinchi natija qayd etib turgan uch futbolchidan biri bo‘lib turibdi. Kecha — 10-iyun kuni u Armaniston termasi darvozasiga 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Chernogoriya 4-iyun kuni Podgoritsa shahrida O‘zbekistonning JCh—2018 saralashidagi raqibi Eronni qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
JCh—2018. Saralash “E” guruhi. 6-tur 10-iyun, shanba
Izoh (0)