Toshkentdagi Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyida 8-iyun kuni IIV tizimi rahbarlari va xodimlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda UzNews.
Tadbirda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov ham qatnashgan.
Yig‘ilish davomida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga yashirin kameralar yordamida olingan lavhalar namoyish etilgan.
“Mazkur yashirin kameralarni o‘rnatib chiqish haqidagi ko‘rsatma shaxsan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri tomonidan berilgan edi”, — deyiladi UzNews xabarida.
Videorolikda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlarining taqiqlovchi belgi ostida yo‘lovchilarni transport vositasiga chiqarib-tushirayotgan haydovchilarga nisbatan beparvoligi, shuningdek, YHXB xodimlarining pora olish holatlari aks etgan.
Videorolikda ko‘rinish bergan militsiya xodimlariga nisbatan qanday choralar ko‘rilgani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.
Izoh (0)