Rossiya Suriya janubidagi at-Tanf shahrida vaziyatni barqarorlashtirishda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga yordam berdi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri vakili kapitan Jeff Devis bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya tomonidan amalga oshirilgan qadamlar bu borada juda foydali bo‘lgan. Uning tushuntirishicha, Rossiya va AQSh harbiylari o‘zaro aloqa qilib, terrorchilarga qarshi kurashda natijaga erishgan.
Devisning ta’kidlashicha, oxirgi paytlarda ikki mamlakat harbiylari bir necha bora o‘zaro bog‘langan.
Izoh (0)