Saudiya Arabistoni rasmiylari mehmonxonalarda Qatarning Al Jazeera telekanali olib ko‘rsatilishini man etdi. Bu haqda mamlakat turizm va milliy meros bosh boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Mazkur qarorga rioya qilmagan mehmonxona egalari va xodimlari 100 ming riyol (26 ming dollar) jarimaga tortiladi va litsenziyadan mahrum etiladi.
Ularga “Saudiya Arabistoni dini, ma’naiy qadriyatlari va siyosatini tahqirlovchi” qator sun’iy yo‘ldosh telekanallarini sayyohlarga taklif etiladigan telekanallar ro‘yxatidan chiqarish haqida ko‘rsatma berildi.
Izoh (0)