AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Harbiy-havo kuchlari 8-iyun, payshanba kuni Raqqa provinsial markazidagi Mafrak-al-Jizra tumaniga zarba berdi. 14 nafar tinch aholi vakili zarba qurboniga aylandi, jarohat olganlar ham bor. Bu haqda SANA agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Koalitsiya Harbiy-havo kuchlari hozirgi paytda Raqqaga hujum qilayotgan “Suriya demokratik kuchlari” arab-kurd tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Suriya hukumati 4-iyun kuni BMT Xavfsizlik kengashidan tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalarning o‘limiga sabab bo‘layotgan AQSh Harbiy-havo kuchlari va uning ittifoqchilarining Raqqa va Deyr-az-Zor viloyatlaridagi zarbalarini qoralashni talab qildi.
Izoh (0)