Andijon shahrining Milliy tiklanish ko‘chasida joylashgan “Mehrigiyo medikal” MChJga qarashli uch qavatli bino yonib, zararlangan. Bu haqda “Kun.uz” o‘zining Andijondagi muxbiriga tayanib, xabar bermoqda.
Yong‘in oqibatida binoning tom qismi va ichki jihozlari yonib ketgan. Andijon shahar yong‘in xavfsizligi xizmatining o‘t o‘chirish mashinalar tez fursatda yetib kelib, yong‘inni o‘chirgan.
“Bino atrofidagi qo‘shni inshootlar saqlab qolingan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda”, — deyiladi “Kun.uz” xabarida.
Izoh (0)