Vashington Fors ko‘rfazida boshlangan diplomatik inqirozni bartaraf qilishda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad at-Taniy bilan telefon muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
AQSh prezidenti amir bilan telefon orqali bog‘lanib, Vashington jarayondan xavotirdaligini bildirdi hamda diplomatik janjal oqibatlariga qarshi kurashda yordam berishni va’da qildi.
Muqaddam qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Ular qatoriga boshqa davlatlar qo‘shilib bormoqda. Jumladan, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr, BAA, Yaman, Liviya, Maldiv orollari, Mavrikiy va Komor orollari Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzgan edi. Senegal maslahatlashuvlar uchun Qatardagi elchisini chaqirib oldi. O‘z navbatida, Qatar arab davlatlarining diplomatik aloqalarni uzish haqidagi qarorini noo‘rin deb baholadi. Qatarga qarshi sanksiyalar joriy etilish ehtimoli mamlakat aholisini oziq-ovqat zaxiralarini to‘ldirishga majbur qilmoqda.
Bundan tashqari, Eron Qatarga o‘z havo hududida parvozlar amalga oshirishga ruxsat berdi.
Izoh (0)