Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qatar arab davlatlarining mamlakat bilan diplomatik aloqalarni uzish haqidagi qarorini noo‘rin deb baholaydi. Bu haqda amirlik tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“Doha Saudiya Arabistoni, BAA va Bahraynning aloqalarni uzish, chegaralarni yopish haqidagi qaroridan afsus bildiradi  va buni quruq da’volarga asoslangan noo‘rin chora deb hisoblaydi. Biz bu choralar Qatar iqtisodiyoti va uning fuqarolariga ta’sir ko‘rsatmasligiga harakat qilamiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida. 

Vazirlik Qatarning mintaqada terrorchi guruhlar va mutaassib mafkurani qo‘llab-quvvatlashga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Amirlik rasmiylariga ko‘ra, Qatar ushbu davlat manfaatlariga zarar yetkazish maqsadida uyushtirilgan axborot xurujiga duch keldi. 

“Qatar boshqa davlatlar suverenitetini hurmat qiladi va ularning ichki ishlariga aralashmaydi. Doha terrorchilik va ekstremizmga qarshi turish borasidagi majburiyatlarini bajarib kelmoqda”, — deb ta’kidlanadi Qatar TIV bayonotida. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi