Filippin hukumat qo‘shinlari mamlakat janubida “Maute” guruhining 120 nafarga yaqin jangarisini yo‘q qilishga erishdi. Ulardan yana yuz nafarga yaqini qurshab olingan va hafta oxiriga qadar taslim bo‘lishi lozim. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Eduardo Anoga tayanib, The Straits Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Harbiy boshliq jangarilar Maravi shahri chegaralarida yashiranayotgani, shuning uchun shahar landshaftini hisobga olganda ularni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya qiyinlashganligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga qaraganda, terrorchilar qurshab olingan hudud bo‘ylab professional snayperlarni joylashtirgan bo‘lib, bu ham askarlarga hududni tozalashga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu bilan birga, Bosh shtab rahbari bir necha kun ichida shaharda terrorchilar qolmasligiga ishonch bildirdi.
Mindanao provinsiyasida aksilterorchilik operatsiyasi boshlangandan buyon harbiylar va politsiyachilarning yo‘qotishlari 38 kishini tashkil etdi.
Operatsiya birlashgan qo‘mondonligining vakili podpolkovnik Jo Erreyra Maravining ozod qilingan tumanlaridan biridagi binodan 1,6 millon dollar topilganligini ma’lum qildi. Bu esa jangarilarni xalqaro terrorchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlaganligidan guvohlik beradi.
Izoh (0)