Bugun Eronga qarshi o‘yin oldidan repetitsiya: O‘zbekiston — Tailand
Bugun — 6-iyun kuni O‘zbekiston va Tailand milliy terma jamoalari Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘zaro saf tortadi. Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini har ikki tomon uchun JCh—2018 saralashining 8-turi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Tailand termalari bunga qadar yetti bor to‘qnash kelgan. Statistikadagi ustunlik taylar foydasiga: ular 5 ta uchrashuvda zafar quchgan va 2 tasida imkoniyatni boy bergan.
Toshkent shahriga Tailand faqatgina bir marta — 2003-yil Osiyo kubogining saralashi doirasida tashrif buyurgan va 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. O‘zaro uchrashuvlarning so‘nggisi 2007-yil Tailand Qirol kubogi doirasida o‘tib, taylar 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozongan.
O‘zaro o‘yinlar
1994-yil, 7-oktabr. O‘zbekiston — Tailand 5:41999-yil, 24-iyul. Tailand — O‘zbekiston 1:02000-yil, 18-may. Tailand — O‘zbekiston 2:02000-yil, 3-sentabr. Tailand — O‘zbekiston 4:22003-yil, 8-noyabr. O‘zbekiston — Tailand 3:02003-yil, 21-noyabr. Tailand — O‘zbekiston 4:12007-yil, 22-dekabr. Tailand — O‘zbekiston 3:22017-yil, 6-iyun. O‘zbekiston — Tailand ?O‘zbekiston terma jamoasi 12-iyun kuni Tehronda Eronga qarshi maydonga tushadi. “Ozodi” stadionidagi o‘yingacha forslar Podgoritsada Chernogoriya bilan o‘ynab, 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.