AQShning Xitoydagi muvaqqat vakili Devid Renk prezident Trampning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish bo‘yicha qarori sababli iste’fo berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
CNN telekanalining Davlat departamentidagi manbalariga ko‘ra, Renk rahbariyatni o‘z qarori haqida ogohlantirishga ulgurgan. Biroq rasman bu haqda ma’lum qilinmadi.
Devid Renk Obama ma’muriyati Xitoy rasmiylari bilan Parij kelishuvi yuzasidan maslahatlashuvlar olib borganda Pekinda diplomatik xizmatda bo‘lgan. U AQShning yangi tayinlangan elchisi Terri Brensted Xitoyga kelgunga qadar vazifasini bajarib turishi kutilgandi, biroq Renk buni o‘ziga ep ko‘rmadi.