AQSh Filippin rasmiylariga mamlakat janubida terrorchilarga qarshi kurash olib borish uchun yuzlab qurol birliklari yetkazib berdi. Bu haqda, Filippinning AQShdagi elchixonasiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qurol-yarog‘ni topshirish marosimi 5-iyun kuni Tagig shahrida, Filippin dengiz piyodalari korpusi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi.
AQSh topshirgan qurollar orasida M4 avtomatlari, Glock 21 to‘pponchalari, Gatling M134D pulemyotlari va M203 granatomyotlari bor.
Eslatib o‘tamiz, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Mindanao provinsiyasida terrorchilar hujumi tufayli harbiy holat joriy qilgan edi. Mintaqada to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Izoh (0)