Avstraliyaning Melburn shahrida bir nafar odam o‘ldirildi yana biri esa garovga olindi. Bu haqda Nine News’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan erkak bir ayolni garovga olgan va turar-joy kompleksidagi xonadonlarning biriga berkingan.
Avvaliga politsiya bu yerga binoda portlash sodir bo‘lganligi haqidagi xabar yuzasidan yetib kelgan va turar-joy kompleksining foyesida otib tashlangan erkakni topgan.
Huquq-tartibot organlari xodimlari hududni qurshovga olgan va mahalliy fuqarolarni unga yaqinlashmaslikka chaqirdi. Ayni vaqtda politsiya ayolni garovga olgan erkak bilan muzokara o‘tkazishga urinmoqda.
Izoh (0)